“Yil ayoli” milliy tanloviga start berildi

19:42 21 Sentyabr 2021 Jamiyat
865 0

Arxiv surat

Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi, Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash Davlat maqsadli jamgʻarmasi mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar korxona, tashkilot, muassasalarda mehnat qilayotgan xotin-qizlar hamda uy bekalari uchun

“Yil ayoli” milliy tanlovini eʼlon qiladi!

Tanlov orqali mamlakatimiz rivojiga ulkan hissasini qoʻshib kelayotgan, yuksak maʼnaviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat, oʻzi faoliyat koʻrsatayotgan soha nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari boʻlgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularni jamoatchilikka yaqindan tanishtirish, ilgʻor ish tajribasini ommalashtirish;

professional salohiyatini, ishbilarmonlik, raqobatbardoshlik sifatlari va bilim darajasini oshirish uchun zarur shart-sharoit yaratish maqsad qilingan.

Tanlov 3 bosqichda oʻtkaziladi:

1-bosqich – tuman va shaharlarda 10-oktyabrgacha;

2-bosqich (hududiy bosqich) – Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 10-noyabrgacha;

3-bosqich respublika bosqichi 2021-yil boshlab har yili dekabr oyining oxirgi 10 kunligida tantanali tarzda oʻtkaziladi.

Tanlovda 25 yoshdan 55 yoshgacha boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasida oʻz yoʻnalishi boʻyicha faoliyat bilan kamida 5 yil mobaynida uzluksiz shugʻullanib kelayotgan xotin-qizlar hamda uy bekalari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda quyidagi shartlar bajarilishi lozim:

1-shart — “Oʻzini tanishtirish”.

2-shart — “Savol va javob”.

3-shart — “Oʻzbek ayoli” mavzusida ishtirokchining 3 daqiqali videoroligi.

Tanlovda eng koʻp umumiy ball toʻplagan ishtirokchilar orasidan tuman (shahar)da 1 tadan oʻrin, viloyatda 1-, 2-, 3-oʻrin aniqlanadi.

Respublika bosqichida 1-, 2-, 3-oʻrin sovrindorlari va “Yilning eng ilgʻor tadbirkor ayoli”, “Yilning eng yaxshi uy bekasi” kabi 10 ta nominatsiya boʻyicha gʻoliblar aniqlanadi.

Tanlov talabgorlari Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining tuman va shaharlar hududiy boʻlimlariga murojaat etishlari mumkin.

Maʼlumot uchun telefon: 71-238-29-95.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?