“Yil ayoli – 2021” milliy tanlovining Jizzax viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi

14:46 25 Noyabr 2021 Jamiyat
206 0

Foto: “Xalq so‘zi”

Respublika Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi, Oliy Majlis Senatining xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash Davlat maqsadli jamgʻarmasi hamkorligida tashkil etilgan “Yil ayoli – 2021” milliy tanlovining Jizzax viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.

Oilada va jamiyatda oʻz oʻrnini topgan, yuksak axloqiy-maʼnaviy fazilatlarga ega, salohiyatli, oʻzi faoliyat koʻrsatayotgan soha nufuzini oshirishda faol ishtirok etib, mamlakat ravnaqiga munosib ulush  qoʻshib kelayotgan opa-singillarimizni ragʻbatlantirish, ilgʻor ish tajribasini ommalashtirish maqsadlari koʻzda tutilgan ushbu tanlovda shahar va tumanlardan 14 nafar ayol  belgilangan shartlar boʻyicha bilim va mahoratini namoyish etdi.

– Tanlovda yoshlarga bergan saboqlarim, innovatsiya va yangiliklarga intilishlarim oʻz samarasini berib “Yilning eng faol olima ayoli” deb topildim, – deydi Nodira Soatova. – Oldimda katta masʼuliyat turibdi. Yoshlar bilan koʻproq ishlashim, ularni ichidan iqtidorlilarini topib, yangiliklar yaratishga undashim lozim.

Hakamlar hayʼati xulosasiga koʻra Sayyora Xolmirzayeva “Yilning eng vatanparvar ayoli”,   Shohista Shonazarova esa “Yilning eng ilgʻor tadbirkor ayoli” nominatsiyalari gʻolibi boʻldi va respublika bosqichida qatnashish imkonini qoʻlga kiritdi.

Tolibjon ERGASHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?