Yigʻilishda poytaxtda chiqindi bilan ishlash masalalariga ham toʻxtalib oʻtildi

19:28 08 Fevral 2023 Siyosat
484 0

Foto: president.uz

Toshkent shahrida yiliga 700 ming tonna chiqindi hosil boʻlishi bilan, bugungi kunda bor-yoʻgʻi 18 foizi qayta ishlanmoqda.

Bundan tashqari, chiqindilarni saralab yigʻish boʻyicha qilinayotgan ishlar ham mutlaqo qoniqarsizligi taʼkidlandi.

“Maxsustrans” faoliyatini isloh qilish, uning moliyaviy ahvolini yaxshilash zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

Mutasaddilarga shahar chiqindisini qayta ishlashni kamida 50 foizga yetkazish vazifasi qoʻyildi.

Yigʻilish yakunida shahar rahbariyati va tumanlar hokimlarining hisoboti tinglandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?