Ijtimoiy tashabbuslar – jamiyat rivojidagi asosiy omil

21:54 02 Dekabr 2021 Jamiyat
357 0

Foto: Халқ сўзи

Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamkorligida 2021-yil 2-dekabr kuni “Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotida ijtimoiy tashabbuslar oʻrni” mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi.

Oliy Majlis, vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari, xalqaro va chet el tashkilotlarining vakolatxona va filiallarining vakillari ishtirok etgan tadbirda nodavlat notijorat tashkilotlari va davlat oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish, ularni davlat tomonidan moddiy qoʻllab-quvvatlash, jumladan, grantlar ajratish, subsidiyalar berish masalalari, inson kapitali, fuqarolik jamiyati institutlarining erkinligini taʼminlash masalalari xususida maʼruzalar qilindi.

Shuningdek, tadbirda nodavlat notijorat tashkilotlari va Adliya vazirligining hamkorlikdagi loyihalari natijalari xususida soʻz yuritilib, kelgusida vazirlik nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining malakasini oshirish maqsadida maxsus oʻquv kurslarini tashkil etishini maʼlum qildi.

Tadbir davomida fond tomonidan tashkillashtirilgan grant tanlovlarida gʻolib boʻlgan 120 ta loyiha mualliflari bilan birga davlat boshqaruvi akademiyasining malaka oshirish kurslarini tugatgan 50 nafar nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari taqdirlandi. Gʻolib loyihalarning aholi turmush tarziga tatbiq etilishi taʼkidlandi.

Madina Gʻuzorova, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?