Ijtimoiy tarmoqlarda videosi tarqalgan xizmatga nomunosib xodim ichki ishlar organlaridan boʻshatildi

20:16 24 Noyabr 2020 Jamiyat
1356 0

Joriy yilning 24-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Sirdaryoda birovning xotinini yoʻldan urib, ifloslik qilgan Toshkentning GAIsi qoʻlga olindi” sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi. 

IIV YHXBB axborot xizmatining xabar berishicha, Toshkent viloyati IIBB YHXB xodimi A.Raxmatullayevning olgan tan jarohati boʻyicha YPXB komandirining tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari tomonidan boshqarma boshligʻi nomiga yozilgan bildirgi asosida YHXB masʼullari tomonidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilgan boʻlib, tekshiruv xulosasiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabr kunidagi PQ-3413-son Qarori bilan tasdiqlangan (2-ilova) “Ichki ishlar organlarining intizom ustavi”, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-sonli “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi IIVning meʼyoriy buyruq talablarini qoʻpol ravishda buzib, ichki ishlar organi xodimining shaʼniga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar sodir etganligi, xodimlarga nisbatan fuqarolar tomonidan salbiy fikrlar uygʻonishiga sababchi boʻlganligi uchun Toshkent viloyati IIBB YHXB xodimi A.Raxmatullayev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabr kunidagi PQ-3413-son Qarori bilan tasdiqlangan (1-ilova) “Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 144-bandi, «k» kichik bandi “ichki ishlar organi xodimi shaʼniga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar sodir etganligi”ga asosan ichki ishlar organlaridan boʻshatilishi boʻyicha xulosa qabul qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?