Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan turli xil ma’lumotlarga “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi”AJ izoh berdi
Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Joriy yil 5 sentyabr kuni “Toshkent markaziy” temir yo‘l vokzalining majlislar zalida “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori Sh.Qodirov boshchiligida, Ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun, tizimda amalga oshirilayotgan ishlar, yo‘lovchilarga yaratilayotgan qulayliklar, ko‘rsatilayotgan servis xizmatlar hamda elektron chiptalar sotuvining bugungi holati, kelgusi rejalarga bag‘ishlab matbuot anjumani o‘tkazildi.
Tadbirda ta’kidlanganidek,“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ yo‘lovchi tashishni isloh qilish va rivojlantirish muhimligiga katta ahamiyat beradi. Shu maqsadda bosqichma-bosqich ishlar amalga oshirilmoqda. Matbuot anjumani avvalida “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori Sh.Qodirov tomonidan so‘nggi bir yil davomida amalga oshirilgan ishlar qo‘lga kiritilgan yutuqlar hamda galdagi rejalar xususida keng ma’lumotlar berib o‘tildi.
E’tirob qilinishicha, 2023-2024 yillar davomida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi”AJ daromadlarning ta’sirchan o‘sishi va xarajatlarning pasayishini namoyish etdi. Daromadlar 130 foizga oshdi va xarajatlar 125 foizga kamaydi, bu jamiyatning muvaffaqiyatli faoliyati va samarali moliyaviy boshqaruvidan dalolat beradi.
Xususan, ajratilgan imtiyozli kreditlar va rejadan tashqari kapital ta’mirlash tufayli 28 ta yangi zamonaviy vagonlarni sotib olish va 58 ta mavjud vagonlarni ta’mirlash mumkin bo‘ldi.
Yo‘lovchi vagonlari parkini to‘ldirish natijasida Toshkent, Nukus, Qo‘ng‘irot, Urganch va Xiva shaharlararo yo‘lovchi poyezdlari tarkibidagi vagonlar soni 14 tadan 22 tagacha ko‘paytirildi.
Shuningdek, “Toshkent – Sariosiyo – Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha 15 vagondan iborat alohida yo‘lovchi poyezdi ishga tushirildi. Bundan tashqari, “Qo‘ng‘irot – Andijon – Qo‘ng‘irot”, "Andijon – Termiz – Andijon" yo‘nalishlarida yo‘lovchi poyezdlari soni bittaga ko‘paytirildi. Shu bilan birga, "Andijon – Xonobod – Andijon", "Namangan – Chodak – Namangan" yo‘nalishlarida yangi shahar atrofi yo‘lovchi poyezdlari harakati tashkil etildi.
Yangi yo‘lovchi poyezdlarining ishga tushirilishi va turli yo‘nalishlarda vagonlar sonining ko‘payishi tufayli jamiyat tashiladigan yo‘lovchilarning o‘rtacha sonini kuniga 27 541 kishiga yetkazishga muvaffaq bo‘ldi. Bu temir yo‘l xizmatlariga talabning oshishi va transportning raqobatbardoshligini ko‘rsatadi.
Elektron sotuvlarning 40 foizdan 60 foizgacha o‘sishi yo‘lovchilar yangi texnologiyalarni qadrlashini va ulardan qulaylik uchun foydalanishga tayyorligini ko‘rsatadi.
Yana bir muhim o‘zgarish – bu yo‘lovchilarga yo‘lda qo‘shimcha xizmatlarni, shu jumladan vagon tasnifini boshqasiga o‘zgartirish imkoniyatini beradigan elektron to‘lov tizimi.
Matbuot anjumani ochiq muloqot hamda savol javoblarga boy tarz davom etdi. Jurnalistlar, yo‘lovchilar tomonidan qilingan murojaatlar, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan turli xil ma’lumotlar, yo‘lovchi vagonlarning holati va vagon kuzatuvchilarning faoliyati, elektron chipta xarid qilish kabi o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollariga mutaxassislardan javoblar olishdi.
Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Maktablarda yangi o’quv yili boshlandi — Fotoreportaj
- Soliq inspeksiyasi xodimi 2 sinf oʻquvchilaridan nimani xohlaydi (video)?
- Hotdogdan choʻchqa yogʻigacha: maktab oshxonasida qanday oziq-ovqatlarni sotish taqiqlangan?
- Talabalar diqqatiga: ijara pulining bir qismini qoplab berish boʻyicha onlayn ariza berish boshlandi
- “Mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan holat!”: Davlat soliq xizmati va Bolalar ombudsmani Qashqadaryodagi holatga munosabat bildirdi
- Qirgʻiziston-Oʻzbekiston chegarasidagi uzoq yildan beri yopiq turgan nazorat-oʻtkazish punkti ochiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring