Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlar mutlaqo asossiz — XTV 

11:05 14 May 2022 Jamiyat
669 0

Xalq taʼlimi vazirligi hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-134-sonli “2022 — 2026-yillarda xalq taʼlimini rivojlantirish boʻyicha milliy dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmonni notoʻgʻri talqin qilinayotgani, xususan, ijtimoiy tarmoqlarda rus tili fani oʻqituvchilariga TRKI S1 darajadagi sertifikatga egalik qilganligi uchun oylik maoshiga 50 foiz toʻxtatilishi toʻgʻrisida tarqalayotgan xabarlar mutlaqo asossiz ekanini maʼlum qildi.

“Xalq taʼlimi vazirligi taʼlim tili rus tili boʻlmagan maktablarda rus tili fanidan dars berayotgan va TRKI S1 sertifikatiga ega oʻqituvchilarning oylik maoshiga 50 foiz ustamalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20.05.2021-yildagi PQ-5117-sonli qarori asosida emas, balki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20-yanvar 2022-yildagi ”XORIJIY TILLARNI OʻRGANISHNI TAKOMILLASHTIRISH BOʻYICHA QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA"gi 34-sonli qarorining 11-bandiga asosan toʻlab kelinmoqda va bu tartib bekor boʻlmaganligini maʼlum qiladi.

Barcha oʻqituvchilarimizdan ijtimoiy tarmoqlarda tarqaladigan tekshirilmagan maʼlumotlarga ishonmasliklarini va Xalq taʼlimi vazirligining rasmiy kanalini kuzatib borishlarini soʻrab qolamiz.

Shu oʻrinda hurmatli rus tili fani oʻqituvchilariga ularga TRKI S1 boʻyicha 50 foizli ustamalar PQ-5117-sonli qaror asosida emas, balki Vazirlar Mahkamasining 20.01.2022-yildagi 34-sonli qaroriga asosan toʻlanilayotganligi yana bir bor eslatib oʻtamiz" deyiladi rasmiy munosabatda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер