“Ijtimoiy himoya tufayli tadbirkor boʻldim”

16:08 29 Noyabr 2024 Jamiyat
192 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq coʻzi”. Baliqchi tumanida istiqomat qiluvchi Aziza Madiyorova “Yoshlar daftari”ga kiritilgach, mavjud imkoniyatlardan foydalanishga sharoit yaratildi.

— Chevarchilik hunarini egallaganim uchun shu yoʻnalishda ish axtardim, — deydi Azizxon. — Uyda oʻtirib tikuvchilik qiladigan hunarmandlardan tortib, tikuvchilik korxonalarigacha bordim. Ish topolmadim. Xonadonimda yakka tadbirkor sifatida faoliyatimni boshlashga moddiy jihatdan imkonim yetmasdi. “Yoshlar daftari”ga kiritilgach, menga tikuv mashinasi berildi. Ijtimoiy himoya tufayli tadbirkor boʻldim. Hozir tikuvchilik bilan shugʻullanib, doimiy daromad manbaimga egaman.

Tumanda Azizaxon singari koʻmakka muhtoj 10 ming nafardan ziyod yigit-qizlar masʼullar tomonidan har tomonlama qoʻllab-quvvatlanmoqda. Shu kungacha ularning 7327 nafariga 25 turdagi amaliy koʻmak koʻrsatildi. Kuni kecha boʻlib oʻtgan tadbirda yana 146 nafar yoshlarga oʻzlari mablagʻ ishlab topishlari uchun turli texnik vositalari topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер