Ijodkorlar sportdagi salohiyatini namoyish etdilar

Foto: Xalq so‘zi
Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining Andijon viloyati boʻlimi tomonidan 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni oldidan yirik sport bayrami tashkil etildi. Unda jurnalistlar, matbaa xodimlari, bloger va matbuot xizmatlari rahbarlari sportning oʻnlab turlari boʻyicha oʻzaro kuch sinashdilar.
— Ijodkorlarning xizmatdan boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli tadbirlar ishlab chiqqanmiz, — deydi uyushmaning viloyat boʻlimi rahbari Mahfuraxon Ortiqova. — Jumladan, har oyda bir marta sport musobaqalari boʻlib oʻtadi. Bu galgi bellashuv esa bayramona kayfiyat kasb etdi. Bu yorqin taassurotlar ijodiy faoliyatimizga ijobiy taʼsir koʻrsatishi, shubhasiz.
Andijon shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasida boʻlib oʻtgan bellashuvlarda viloyat teleradiokompaniyasi, “Taraqqiyot” telekompaniyasi, “Andijonnoma” gazetasi va “Matbuot tarqatuvchi” MCHJ jamoalari faol ishtirok etgan boʻlsa, Munojotxon Kamolova, Faxriddin Ibaydullayev, Muxlisaxon Sobirova, Komilaxon Abdiyeva kabi ijodkorlar sportdagi salohiyatini namoyish qilishdi.
— Biz odatda madaniy va maʼrifiy tadbirlarni, ayniqsa, sport bellashuvlarining hayotimizdagi muhim jihatlarini koʻp yoritamiz-u, biroq oʻzimiz kam ishtirok etamiz, — deydi “Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ matbuot xizmati rahbari Muxlisaxon Sobirova. — Bu galgi tadbir bizni jismoniy jihatdan chiniqtiribgina qolmasdan, oʻzaro hamjihatlikning ijobiy samarasini ham ifoda etib berdi.
Gʻoliblar va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Konstitutsiyaviy qonun loyihasi 25-iyun kunidan “Xalq soʻzi” va «Народное слово» gazetalarida umumxalq muhokamasiga qoʻyiladi
- Tadqiqot xulosasi: Koronavirusning davomli asoratlari emlanganlarda kam kuzatiladi
- Toʻpalang GES inshootida texnik nosozlik toʻliq bartaraf etilgan. Vaziyat barqaror — «Oʻzbekgidroenergo» AJ
- Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
- “Kitob uychalari”, “Yosh kitobxon klubi”... Artel kompaniyasi kitobxonlikni keng targʻib qilmoqda
- Xillari Klinton 2024-yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etmasligini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring