Ijod maktabida taʼlim jarayonlarini takomillashtirish uchun Yaponiya grant mablagʻi jalb etildi

19:02 24 Noyabr 2020 Jamiyat
198 0

Oʻzbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi taʼlim muassasasida taʼlim jarayonlarini takomillashtirish uchun Yaponiya hukumatining granti jalb qilindi. Bu haqda Agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat Yaponiya hukumatining “Inson xavfsizligini taʼminlash boʻyicha kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga begʻaraz yordam” (Japanʼs Grant Assistance for Grassroots Human Security Projects) dasturi doirasida 43,6 ming dollar miqdorida grant mablagʻini oladi.

Dekabr oyining oʻrtalarida Oʻzbekistondagi Yaponiya elchixonasi va Isʼhoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat oʻrtasida grant ajratilishi boʻyicha memorandum imzolanishi kutilmoqda.

Loyiha doirasida Yaponiya hukumati ajratgan grant mablagʻlar taʼlim muassasaning “Til markazi”dagi mavjud xonalarni soʻnggi rusumdagi axborot texnologiyalari va sinf jihozlarini xarid qilishga yoʻnaltiriladi.

Mazkur loyiha amalga oshirilganidan soʻng maktab oʻquvchilari va hudud aholisi oʻzbek, yapon va ingliz tillarini oʻrganishi uchun qoʻshimcha sharoit yaratiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?