15 ming AQSH dollari evaziga 8 sotix yer maydoni olib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

12:59 23 Avgust 2021 Jamiyat
371 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Izboskan tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro D.T. fuqaro M.ning ishonchiga kirib, unga tumandagi “Daryoboʻyi” MFY hududidan boshqa bir fuqaroga ishlab chiqarish sexi binosi qurish uchun ajratilgan 8 sotix yer maydoniga turar-joy qurish uchun tanishlari orqali kadastr hujjatlarini tayyorlab berishni vaʼda qilib, evaziga 15 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?