Iyun oyidan maxsus seleksion musobaqalar boshlanadi
Yuqori natijalar ortida terma jamoadagi kuchli raqobat turadi. Raqobat esa shaffof va toʻgʻri amalga oshirilgan seleksiya natijasida yuzaga keladi. Yurtimiz yoshlari orasida har bir sport turida iqtidorlilar koʻp. Ularni toʻgʻri saralab olish soha mutaxassislari oldidagi muhim vazifa hisoblanadi.
Bugun MOQ rahbariyati Oʻzbekiston suzish federatsiyasi bilan shu va boshqa masalalar boʻyicha uchrashuv oʻtkazdi. Unda MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov, uning birinchi oʻrinbosari Ravshan Irmatov, Oʻzbekiston suzish federatsiyasi bosh kotibi Alisher Gʻaniyev va boshqa mutaxassislar ishtirok etishdi.
Uchrashuv kun tartibiga muvofiq, dastavval, Tokio — 2020 Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olgan suzuvchilarimizning ijtimoiy holati, ularning oilalariga qaratilayotgan eʼtibor oʻrganib chiqildi. Shundan soʻng joriy yil boʻlib oʻtadigan Shantou — 2021 yoshlar Osiyo oʻyinlari, Xanchjou — 2022 Osiyo oʻyinlarida yurtimiz sharafini himoya qiladigan suzuvchilarni seleksiya qilish boʻyicha rejalar koʻrib chiqildi.
Yakunda iyun oyidan barcha sport turlarida maxsus seleksion musobaqalarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha xulosa qilindi. Bu borada ilk turnir Oʻzbekiston suzish federatsiyasi tomonidan tashkil etiladi. Tabiiyki, Xitoyda oʻtadigan musobaqalarga saralangan yoshlar oʻz-oʻzidan Parij — 2024 Olimpiya oʻyinlari uchun ham kuchli zaxira yaratib olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring