“IT”NI “AT”, deb yozsak birov urushadimi?

12:39 03 Oktyabr 2022 Jamiyat
304 0

Illustrativ foto

“IT сenter”,“IT park”. Bu atamalar koʻpchilikka tanish. Yaʼni ular XXI asrning eng rivojlangan yoʻnalishlaridan biri-axborot texnogologiyalari sohasining qisqartma talqini. Lekin aytish joizki ,“ IT ” soʻzini tushunmay “it”, yaʼni kuchuk maʼnosida oʻqib yurganlar ham yoʻq emas. Shu oʻrinda savol tugʻiladi, aslida “IT” nima degani,oʻzi?

“IT”inglizcha “information technologies” soʻzining qisqartma shakli hisoblanadi.Oʻzbek tiliga tarjima qilinganda esa “Axborot texnologiyalari”, degan maʼnoni beradi. Xoʻp, bu soʻz ingilizcha soʻz va axborot texnologiyalari ekanligini bildik. Shunday ekan, oʻz tilimizda “Axborot texnologiyalari” yoki qisqartirib “AT” shaklida qoʻllasak boʻlmaydimi? Axir inglizcha termin bilan oʻzbekcha soʻz birga qoʻllanayapti-ku. Nega shuni “IT markazi” deyishimiz kerak? Oʻzimizning tilimizda “Axborot texnologiyalar markazi ”desak, gapdagi maʼno oʻzgarib ketadimi yoki ushbu markazning obroʻsi kamayib qoladimi ?

Yuqoridagi fikrlarni oʻqib, axborot texnologiyalari (AT) sohasi mutaxassislari va ixlosmandlari “Bitta shu atama bilan oʻzbek tiliga zarar yetmaydi-ku ”, deyishi mumkin. Toʻgʻri , lekin, muammo bitta bu soʻzning kirib kelishida emas-da. Toma-toma koʻl boʻlur, deganlaridek, oʻzimizda muqobili boʻla turib, xorijiy soʻzlarning bitta-ikktita kirib kelishi oqibatida bir kun kelib, ona tilimiz oʻzligini yoʻqotmaydimi? Qolaversa, Yana bir muammo shuki, bugungi avlod orasida 2 yo 3 ta tilni chala oʻrganib , ogʻzaki nutqda aralashtirib qoʻllayotganlar ham koʻpaymoqda. Bu holat guyoki,yoshlar oʻrtasida zamonaviylik belgisi, deb qaralmoqda Ammo aslida bu ona tilimizga hurmatsizlikdir.

Shu yurtda tugʻilganmiz, shu yurt farzandimiz. Ilk bor zabonimizdan oʻzbekcha soʻz chiqqan . Istagim, shunday qadrli tilni nutqda, imkon qadar toʻgʻri qoʻllab, unga har lahza hurmatda boʻlaylik. Shu maʼnoda “IT park”, “IT sentr”larni “AT park”, “AT markazi”, deb oʻzgartirish kerak, albatta. Oʻylaymizki, bu taklifimizga soha mutasaddilari ham qoʻshiladi va qoʻllab-quvvatlaydi.

Muslima MANSUR qizi,

Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti ikkinchi bosqich talabasi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?