Italiyadagi bemorda ham koronavirus, ham OIV, ham maymun chechagi infeksiyasi aniqlandi

17:36 25 Avgust 2022 Dunyo
955 0

Foto: Illustrativ foto

Italiyada 36 yoshli bemorga bir vaqtning oʻzida ham COVID-19, ham maymun chechagi, ham OIV tashxisi qoʻyildi. Mutaxassislar buni tibbiyot tarixidagi ilk holat, deb baholamoqda.

Shu bois organizmda aniqlangan infeksiyalarning bunday kombinatsiyasi bemor salomatligiga qanchalik xavfli taʼsir koʻrsatishi xususida hali hech qanday dalillar yoʻq.

Maʼlum boʻlishicha, Italiya fuqarosi bir muddat avval Ispaniyaga besh kunlik sayohatga borgan. Safardan qaytgach, toʻqqiz kun davomida tana harorati 39 darajaga koʻtarilib, tomoq va bosh ogʻrigʻi hamda holsizlikdan aziyat chekkan.

Tibbiy tekshiruvlar davomida unda SOVID-19 qayd etilgan. Biroq shu kunning ikkinchi yarmida bemor chap qoʻlida toshmalar paydo boʻla boshlagan.

Ertasi kuni esa deyarli butun tanani ogʻriq beruvchi pufakchalar qoplagan. Qoʻshimcha tekshiruvlardan soʻng u maymun chechagi virusi va OIV infeksiyasini ham yuqtirgani aniqlandi.

Aslida maymun chechagining OIVga chalingan bemorlarda qayd etilishi avvalroq maʼlum boʻlgandi. Ammo bu kombinatsiyaga koronavirus ham qoʻshilishi mutaxassislar uchun yangilik boʻldi.

Ayni paytda olimlar mazkur holatni chuqurroq oʻrganish yuzasidan tegishli tadqiqotlar olib bormoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?