Italiyada yuz bergan koʻchki oqibatida oʻnlab odamlar bedarak yoʻqoldi

Italiyaning Iskya orolida sodir boʻlgan kuchli koʻchki oqibatida kamida 13 kishi bedarak yoʻqolgan.
Maʼlum qilinishicha, 26-noyabr kuni ertalab Kazamichchola shahriga kuchli yomgʻir sabab koʻchki yuz bergan.
Ayni damda shaharda qutqaruv guruhlari ishlamoqda. Iskya meri Enso Ferrandino orolda sodir boʻlgan voqeani fojia deb atadi.
Orolning yana bir shahri Lakko-Amenoda ham jiddiy vaziyat mavjud. U yerda, mahalliy hokimiyat maʼlumotlariga koʻra, loy oqimlari oʻnga yaqin binoni vayron qilgan, 20-30 kishi oʻz uyida qamalib qolgan.
Manbaga koʻra, Italiya bosh vaziri Jorja Meloni tabiiy ofatdan aziyat chekkan mintaqadagi rasmiylar bilan doimiy aloqada boʻlib turibdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring