Italiyada Oʻzbekiston madaniy merosi haqida hujjatli film suratga olinmoqda

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan “Oʻzbekiston madaniy merosi jahon toʻplamlarida” nomli hujjatli film suratga olinmoqda.
Agentlik Axborot xizmatiga koʻra, ayni paytda filmning ijodiy jamoasi Italiya Respublikasining Milan, Komo, Turin, Rim shaharlarida tasvirga olish ishlari boshladi.
Mazkur film Oʻzbekiston madaniy merosiga oid sanʼat asarlari va artefaktlari jamlangan Italiyada joylashgan barcha muzey va fondlarda tasvirga olish ishlari rejalashtirilgan.
Ssenariy muallifi va rejissyor Shaxnoza Ganiyeva, operator Axror Abduhakimov, murakkab syomkalar operatori Jamolxoʻja Asilov, administrator Sevara Qodirova, film direktori Gulnora Abdurahimova.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toʻpalang GES inshootida texnik nosozlik toʻliq bartaraf etilgan. Vaziyat barqaror — «Oʻzbekgidroenergo» AJ
- Tadqiqot xulosasi: Koronavirusning davomli asoratlari emlanganlarda kam kuzatiladi
- Konstitutsiyaviy qonun loyihasi 25-iyun kunidan “Xalq soʻzi” va «Народное слово» gazetalarida umumxalq muhokamasiga qoʻyiladi
- “Kitob uychalari”, “Yosh kitobxon klubi”... Artel kompaniyasi kitobxonlikni keng targʻib qilmoqda
- Xillari Klinton 2024-yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etmasligini maʼlum qildi
- Abituriyent oʻqishga kirishda oʻzi istagan chet tilidan test topshirishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring