Italiyada Dantening ilk qoʻlyozmalari topildi

19:58 15 Iyul 2021 Dunyo
685 0

Florensiya monastiri rahbari Julia Bolton Xollouyey Dante Aligyerining ilk bor maʼlum boʻlayotgan qoʻlyozmalarini ommaga oshkor qildi. Ushbu kashfiyotdan oldin olimlarda “Ilohiy komediya” yaratuvchisi qoʻlyozmalarining yagona namunasi yoʻq edi. Florensiya va Vatikanning ikki kutubxonasidan topilgan qoʻlyozmalar Dantening talabalik yillari, XIII asr oxirlariga toʻgʻri keladi.

Taʼkidlanishicha, Dantening yozuvi talaba yozuviga oʻxshagan, ammo u ajoyib Toskana lahjasida yozilgan. Ushbu sheva lotin tilida boshqalaridan kam farq qiladi va italyan adabiy tilining asosi hisoblanadi.

Qoʻlyozmalar «kanchelleska» shriftida yozilgan. Qoʻlyozmalar uchun arzon qogʻoz ishlatilgan boʻlib, buni shoir yoshligida kambagʻal boʻlgani bilan izohlash mumkin.

Xolloueyning soʻzlariga koʻra, ushbu topilmalar “Ilohiy komediya” haqida biroz tasavvur bera oladi. Masalan, qoralamalarda aylana ustiga kvadrat chiziladi. Shoir bundan “Ilohiy komediya”dagi Ilohiyni tasvirlash uchun ham foydalangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?