Italiya Ukrainaga zirhli texnikalar, pulemyot va oʻq-dorilar yuboradi

00:01 29 Iyul 2022 Dunyo
583 0

Foto: Reuters

Italiya tez orada Ukrainaga zirhli texnikalar, pulemyot va oʻq-dorilarni oʻz ichiga oladigan qurollarning yangi partiyasini yuboradi.

“La Repubblica” nashrining yozishicha, Italiya mudofaa vaziri Lorenso Guerini Kiyevga qurol joʻnatish boʻyicha toʻrtinchi farmon tez orada tasdiqlanishini aytgan. Shu bilan birga, qurollar roʻyxati rasmiy ravishda tasniflanadi.

Qayd etilishicha, parlamentda tasdiqlangan hujjatga koʻra, Italiya hukumati yil oxirigacha Ukrainaga qurol joʻnatishi mumkin. Mamlakat allaqachon Ukrainaga bir nechta 155 millimetrli artilleriya moslamalarini yuborgan, Kiyev esa ularning sonini koʻpaytirmoqchi, shuningdek, bir nechta raketa tizimlarini soʻragan.

Bundan tashqari, Italiya bu yil harbiy xarajatlarni 18 milliard yevrogacha oshiradi. Oʻtgan yili bu miqdor 16,8 milliardni tashkil qilgan. Xarajatlar roʻyxatida boʻlajak oltinchi avlod “Tempest” qiruvchi samolyoti bor. Uni ishlab chiqishda Italiya Buyuk Britaniya va Shvetsiya bilan hamkorlik qiladi.

Iyul oyi boshida Italiya tashqi ishlar vaziri Luidji Di Mayo mamlakatdagi siyosiy inqiroz sharoitida Italiya Ukrainaga qurol yetkazib berishda davom eta olmasligini aytgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?