Italiya qachon Rossiya gaziga tobelikdan qutilishi mumkinligini maʼlum qildi 

19:27 03 May 2022 Dunyo
1347 0

Illyustrativ foto

Italiya 2024-yilning ikkinchi yarmida Rossiya gaziga tobelikdan qutilishi mumkin. Bu haqda mamlakat Ekologik modernizatsiya va transformatsiyalar vaziri Roberto Chingolani “La Repubblica” gazetasiga bergan intervyusida aytib oʻtdi.

“2024-yilning ikkinchi yarmiga kelib biz Rossiya gazi importiga barham berishimiz kerak”, deydi Chingolani.

Uning soʻzlariga koʻra, mamlakat gaz quvurlari orqali yetkazib berishni koʻpaytirish orqali Rossiya gaziga tobelikdan qutilmoqchi. Misol uchun, uch yil ichida Jazoirdan import 3 barobar koʻpayib, 9 milliard kub metrga yetishi kerak. Bundan tashqari, Jazoir, Angola, Kongo va Qatar bilan tuzilgan kelishuvlar tufayli 2022-yildayoq import qilinadigan suyultirilgan gaz hajmi 1,5 milliard kub metrga oshadi.

Uning fikricha, gaz, suyultirilgan gaz yetkazib berishni koʻpaytirish va yangi qayta tiklanadigan energiya manbalarini yaratish kabi yondashuvlar kombinatsiyasi Italiyaga har yili Rossiyadan keladigan 29 milliard kub metr gaz oʻrnini qoplashga yordam beradi.

Oldinroq, Germaniya Rossiya neftidan qachon toʻliq voz kechishiga oydinlik kiritgani haqida xabar bergan edik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер