Italiya kompaniyasi oʻzbekistonlik yosh fermerlar malakasini oshirishga koʻmaklashadi

11:37 23 May 2024 Jamiyat
365 0

Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Italiyaning «Bonifiche Ferraresi Group» kompaniyasi moliya va investitsiyalar rahbari Stefaniya Kvintavalle bilan uchrashdi.

Muloqot chogʻida mamlakatimizda ilgʻor texnologiyalar asosida qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish, mahsulotlarni qayta ishlash va Italiya bozoriga eksport qilish hamda toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya kiritish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Italiya tomoni Oʻzbekiston Yevropa Ittifoqining GSP+ tizimi benefitsiari ekanligi tufayli qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportida bojxona imtiyoziga egaligiga alohida eʼtibor qaratdi. Bundan tashqari, kompaniya mutaxassislarining Oʻzbekiston yosh fermerlari malakasini oshirishga tayyorligi maʼlum qilindi.

Uchrashuv yakunida «Bonifiche Ferraresi Group» vakillaridan iborat texnik guruhning Oʻzbekistonga ishchi safarini tashkil etish va mamlakatimizda kompaniya faoliyatini yoʻlga qoʻyish imkoniyatlarini muhokama qilishga kelishib olindi.

«Bonifiche Ferraresi Group» Italiya shimolida joylashgan eng yirik qishloq xoʻjaligi kompaniyasi sanaladi. Kompaniya 8000 gektar yer maydonida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiradi. U bugʻdoy, sholi, meva-sabzavot va boshqa ekinlar yetishtirish hamda qayta ishlashga ixtisoslashgan. Tarkibida 20 ga yaqin tarmoq korxonalari mavjud boʻlgan kompaniyaning yillik daromadi 300 million yevroga teng.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер