IT Park rezidentlarining eksport hajmi 4,4 barobarga oshdi

20:10 11 Avgust 2022 Jamiyat
435 0

Foto: Arxiv surat

2022-yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga koʻra, tashqi bozorlarda xizmat koʻrsatuvchi IT Park rezidentlari soni 203 tani tashkil etdi (oʻsish – 2,7 barobar).

IT Park rezidentlari tomonidan bajarilgan eksport hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 4,4 barobarga oshdi va $53,2 millionni tashkil etdi. Shu bilan birga, eksporting 88 foizi AQSH, qolgani esa Buyuk Britaniya, Germaniya, MDH davlatlari va BAAga toʻgʻri keladi. 2022-yilning oxiriga qadar eksport hajmi $100 millionga yetishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?