IT Markazlar kelajak kasblarini tayyorlamoqda

23:46 22 Sentyabr 2022 Jamiyat
278 0

Foto: Xalq so‘zi

Yurtimizda axborot texnologiyalari sohasiga qiziquvchi isteʼdodli yoshlarni topish, ularni jamlash va imkoniyatlar yaratish, innovatsiyalarni joriy etish va ularni bachasini IT jamiyatda birlashtirish maqsadida hududlarda IT markazlar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan edi.

Ana, shunday maqsadlarda tashkil qilingan IT markazning bir minginchi tinglovchisi Forish tumanida oʻz malakasini oshirib axborot texnologiyalar sohasidagi sertifikatga ega boʻldi.

— Markazimizda “Bir million dasturchi”, “Kompyuter savodxonligi”, “Dasturlash”, “Grafika dizayn”, “IT ingliz tili» kabi qator yoʻnalishlarda oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilib kelishi bilan birga, bizda oʻqigan yoshlar oʻndan ziyod respublika va xalqaro darajadagi loyihalarda frilanser dasturchi sifatida ishlamoqda, — deydi Forish tuman IT markazi boshqaruvchisi Sherzod Darxonov. — Tinglovchilar axborot texnologiyalari sohasida bilimlarini oshirishida yosh doirasi chegaralanmagan, bu esa oʻz navbatida sohaga qiziquvchilar va yangi mablagʻlar topish imkoniyatlarini oshirmoqda. Har bir qiziquvchi bemalol kelib, oʻz bilimini oshirishi mumkin. Markazda nafaqat yoshlar, balki umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari ham oʻz malakalarini oshirmoqda.

Tolibjon ERGASHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?