Isteʼmolchi sifatsiz oziq-ovqat mahsulotini 24 soat ichida boshqasiga almashtirib berishga haqli
Oʻziga zarur sifatga ega boʻlmagan tovar sotilgan xaridor, agar nuqsonlar sotuvchi tomonidan aytilmagan boʻlsa, oʻzining tanlashiga koʻra sotuvchidan (oziq-ovqat tovarlariga nisbatan xaridor xarid qilingandan keyin 24 soat mobaynida bunday huquqqa ega boʻladi) quyidagilardan birini talab etishga haqli:
— aynan shunday markadagi (model, artikuldagi) tovarga almashtirishni;
— xarid narxini tegishli ravishda qayta hisob-kitob qilgan holda boshqa marka (model, artikul)dagi aynan shunday tovarga almashtirishni;
— xarid narxi mutanosib ravishda kamaytirilishini;
— tovarning nuqsonlari darhol bepul bartaraf etilishini;
— tovarning nuqsonlarini bartaraf etish xarajatlari qoplanishini.
Bunda xaridor zarur sifatga ega boʻlmagan tovar sotilganligi oqibatida oʻziga yetkazilgan zarar toʻliq qoplanishini talab qilishga haqlidir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring