Istanbul markazida yuz bergan portlash oqibatida olti kishi halok boʻldi, oʻnlab kishilar yaralandi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Istanbul markazidagi Istiqlol koʻchasida yuz bergan portlash oqibatida olti kishi halok boʻlgan, 53 kishi tan jarohati olgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, portlovchi qurilma terrorchi tomonidan harakatga keltirgan.
Turkiya prezidenti Rejep Tayyib Erdogʻan Istanbul markazida yakshanba kuni sodir boʻlgan hujumni qoralab, Taqsim maydoni yaqinidagi portlashda olti kishi halok boʻlgani, oʻnlab odamlar yaralanganini aytdi.
“Davlatimizning tegishli boʻlinmalari ushbu dahshatli hujum uchun javobgarlarni topish ustida ishlamoqda”, dedi Erdogʻan Turkiya telekanallari orqali jonli efirda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida.
Istanbul gubernatori Ali Erliqoya ham portlash oqibatida olti kishi halok boʻlganini va 53 kishi yaralanganini maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, portlash mahalliy vaqt bilan 16:20 atrofida sodir boʻlgan.
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videolarda portlash vaqtida koʻcha odamlar bilan gavjum boʻlgani aks etgan. Istanbul prokuraturasi hodisani terrorchilik akti sifatida baholadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
- Saudiya Arabistonida birinchi Islom sanʼati biyennalesining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring