“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ 2025-yilning birinchi yarim yilligini yuqori koʻrsatkichlar bilan yakunladi

13:35 16 Iyul 2025 Jamiyat
53 0

2025-yilning yanvar-iyun oylari davomida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan 14 milliard 384 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, belgilangan reja 101,5 foizga bajarildi.

Jamiyat joriy yilda umumiy qiymati 701,93 million AQSH dollariga teng boʻlgan 17 ta investitsiya loyihasini amalga oshirishni moʻljallagan boʻlib, birinchi yarim yillikda belgilangan 234,93 million dollar oʻrniga amalda 286,85 million dollar oʻzlashtirildi. Bu orqali oʻzlashtirish koʻrsatkichi 121,7 foizga yetdi.

Ayni paytda bir qator yirik loyihalar boʻyicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Sergeli tumanida zamonaviy kogeneratsiya qurilmasi ishga tushirilishi kutilmoqda. Shuningdek, Yunusobod tumanidagi 100 MVtli gaz-porshenli qurilma, Tolimarjon IESda 900 MVt, Navoiy IESda esa 650 MVt quvvatli bugʻ-gaz qurilmalarini qurish ishlari davom etmoqda.

Tashkilotda mahsulot tannarxini kamaytirish boʻyicha ham natijalar qayd etildi — birinchi yarim yillikda 592,2 milliard soʻmlik iqtisod qilindi va reja 112,8 foizga bajarildi.

2025–2026-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida jami 35 ta energoobyektda taʼmirlash ishlari belgilangan. Bugungi kunga qadar 15 ta qurilmada taʼmirlash yakunlangan boʻlsa, hozirda yana 10 ta qurilmada ishlar davom etmoqda. Taʼmirlar toʻliq yakunlansa, 89 MVt elektr va 45 tonna/soat issiqlik quvvatiga erishiladi.

Bundan tashqari, “Toshkent issiqlik markazi”ga qarashli 9 markazda 13 ta qozon mukammal, 47 ta qozon joriy taʼmirdan oʻtkazilmoqda.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida 19 ta loyiha asosida 36,5 milliard soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilib, reja 109 foizga taʼminlandi. Shuningdek, import hajmi 11,9 million dollarga qisqartirilib, kooperatsiya aloqalari rivojlantirildi va bu yoʻnalishda ham reja 123,1 foizga bajarildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?