Issiqxona ichidagi issiqxona

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Asaka tumanidagi “Choʻntak” mahallasi issiqxonachilikka ixtisoslashgan. Bu maskandagi 625 ta xonadonning 586 tasida issiqxona mavjud. 29 gektardan iborat tomorqada uy egalari pomidor, bodring, bulgʻor qalampiri koʻchatlarini parvarishlamoqda. Mart oyining boshida ilk mahsulotni yigʻib olish rejalashtirilgan. Muhimi, “choʻntak”liklar boshqa issiqxonachilarga nisbatan koʻproq daromad topadi. Buning siri esa issiqxona ichida yana bir issiqxona barpo etilganida.
— Mamlakatimizda hatto qishda ham quyoshli kunlar hukmronligini inobatga olib, har bir issiqxonani termos usulida, yaʼni ikki qavatdan iborat plyonka ostida barpo etganmiz, — deydi mahalla raisi Dilshodbek Olimov. — Issiqxona ichida issiqxona barpo etish orqali yonilgʻi uchun ajratilgan mablagʻni 100 foiz iqtisod qilish mumkin. Sababi, har bir egat plyonka ostidagi yoysimon issiqxona bilan oʻralib, koʻchatlar osti ham ochiq havodan himoyalanadi. Shu orqali olinadigan daromad oshiriladi.
Hisob-kitoblarga qaraganda, 10 sotixli issiqxonada 3 ming tupdan ziyod bodring koʻchatini parvarishlash mumkin. Har bir koʻchat oʻrtachada 3-4 kilodan hosil berishini inobatga olsak, jami 15 tonnagacha hosil olinadi. Qolaversa, 10 ta ish oʻrni yaratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi
- “Yurakka ko‘milar asl shoirlar”
- Kartoshka narxi qachon pasayishi maʼlum boʻldi
- “Hamza Hasanovdan Gʻaybulla Tursunovgacha”: “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” mukofoti gʻoliblari aniqlandi
- Kelgusi hafta uchun ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi
- “Bilmak Navoiyni — zoʻr maʼrifat nishoni...”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring