Issiq ob-havo tufayli Urganch aeroporti vaqtincha yopib qo‘yildi

15:52 16 Iyul 2018 Jamiyat
4346 0
Foto: “O‘zbekiston havo yo‘llari”

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK 16 iyuldan boshlab Urganch xalqaro aeroporti texnik sabablar va issiq ob-havo tufayli vaqtincha yopilganini ma’lum qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati “Xalq so‘zi Online“ga ma’lum qildi.

Qayd qilinishicha, Urganch aeroportiga amalga oshirilishi lozim bo‘lgan reyslar Nukus va Buxoro aeroportiga ko‘chirilgan.

Aeroport o‘z faoliyatini texnik ishlar yakunlanganidan so‘ng qayta davom ettiradi.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” vaqtincha noqulaylik uchun yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?