Isroilning Gʻazo sektoriga havo hujumlari kuchaydi

15:45 20 Dekabr 2024 Dunyo
298 0

Isroil oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha muzokaralar davom etayotganiga qaramay Gʻazo sektoriga bombardimonlarini kuchaytirmoqda. AQSH va arab davlatlari vositachiligida kelishuvga erishish uchun muzokaralar davom etar ekan, Tel-Avivning havo hujumlari falastinliklar hayotiga zomin boʻlyapti.

Gʻazo sektoridagi tibbiyot manbalariga koʻra, hujum natijasida birgina payshanba kuni 41 nafar falastinlik halok boʻlgan. Jumladan, Tuffah chekkasidagi boshpanada kamida 15 nafar koʻchirilgan falastinliklar Isroilning havo hujumlari qurboniga aylandi. Bu hujumlar Gʻazo aholisi uchun gumanitar ahvolni yanada ogʻirlashtirgan.

Muzokaralar fonida Isroil va Hamas oʻrtasida kelishuvga erishish boʻyicha harakatlar amalga oshishi boʻyicha ishlar boryapti. Shunga qaramasdan, tomonlar oʻrtasida kelishuvga erishish qiyin masala boʻlib qolgan va buning sabablaridan biri zoʻravonliklar hali ham toʻxtamaganidir. AQSH va boshqa davlatlar Isroil hujumlarini kamaytirishga chaqirmoqda.

Xalqaro hamjamiyat Gʻazo aholisi uchun gumanitar yordamni kuchaytirishga chaqirgan. Hozircha, urushni toʻxtatish va tinchlik muzokaralarini amalga oshirish yuzasidan aniq kelishuvga erishilmagan. Hujumlar qurbonlari soni oshib borishi bu mojaroni hal qilishni yanada qiyinlashtirmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?