Isroilning Bayrutga qilgan navbatdagi hujumi oqibatida yana 22 kishi halok boʻldi

15:42 11 Oktyabr 2024 Dunyo
194 0

Foto: AP

Isroilning Livan poytaxti Bayrut markaziga havo hujumi oqibatida 22 kishi halok boʻldi va yana kamida 117 kishi yaralangan. Bu haqda mamlakat sogʻliqni saqlash vazirligi xabar tarqatdi. Poytaxtda aholi zich joylashgan hududda ikkita bino yonib-vayron boʻlgani.

Mahalliy axborot kanallari va “Al-Jazeera”ning Sanad fakt tekshirish agentligi tomonidan tarqatilgan videolarda payshanba kuni Bayrutdagi Ras al-Naba va al-Nuveyriga qilingan hujumlar ortidagi ayanchli manzaralar aks etgan. Ularda aholi punktlariga hujum qilingani koʻrinadi.

Hudud shaharning janubiy chekkasidan tashqarida joylashgan boʻlib, u yerda Isroil kuchlarining hujumlari muntazam ravishda sodir boʻladi.

Jurnalistlarga koʻra, Livan janubidan qochgan koʻplab odamlar ushbu hududdan boshpana topgan edilar va yana u vayron qilinib, xavfli hududga aylanib qoldi.

“Al-Jazeera” muxbirlarining xabar berishicha, Livan janubidan qochgan besh kishidan iborat oila ularni mehmon qilgan uch qarindoshi bilan birga halok boʻlgan.

Foto: AP

“Hizbulloh”ning Al-Manar telekanali xabar berishicha, zarbali orqali bir vaqtning oʻzida guruhning yuqori darajadagi xavfsizlik xodimi Vafiq Safoni oʻldirishga urinish boʻlgan. Unda aytilishicha, suiqasd rejasi ish bermagan chunki Safo bino ichida boʻlmagan. U guruhning Aloqa va muvofiqlashtirish boʻlimiga rahbarlik qiladi. Shuning u uchun harbiy emas, balki siyosiy arbob hisoblanadi.

Telekanalda qoʻshimcha qilinishicha, ushbu zarba birinchi oʻrinda siyosiy zarba boʻlar va bu Bayrut markazidagi vaziyatni yomonlashtirar edi. Chunki “Hizbulloh” aʼzolari siyosiy figura sifatida katta rol oʻynaydi.

Isroil tomonidan hodisa haqida hech qanday izoh berilmagan, biroq uning armiyasi payshanba kuni kechqurun Bayrutning janubiy chekkalari, jumladan, maʼlum binolar uchun yangi evakuatsiya haqida ogohlantirish eʼlon qilgan.

Amerika Qoʻshma Shtatlari vitse-prezidenti Kamala Harris Las-Vegasda jurnalistlarga Livan va Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha kelishuv zarurligini aytdi. “Biz bu borada kecha-yu kunduz ishlayapmiz, bu urushlar tugashi kerak va mintaqada sodir boʻlayotgan voqealarni albatta yumshatishimiz kerak”, — degan u.

“Hizbulloh” tomonidan maʼlum qilinishicha, payshanba kuni guruh Nakura hududidan qurbonlarni olib chiqishga urinayotganda Isroil qoʻshinlari ularga toʻgʻridan-toʻgʻri zarba bergan. Bungacha “Hizbulloh” Isroil shimolida uyushtirilgan bir nechta raketa hujumlarini oʻz zimmasiga olgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер