Isroilda “COVID-19”ning yangi shtammi aniqlandi. U qanchalik xavfli?

00:28 01 Aprel 2021 Dunyo
862 0

Illyustrativ foto

Isroilda koronavirusning yangi shtammi aniqlandi. Uning epidemiya rivojlanishiga taʼsiri boʻlmagan, deyiladi mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligi xabarida.

Ushbu mutatsiya mamlakatdagi pandemiya paytida aniqlangan “COVID-19”ning barcha shtammlarini oʻrganish vaqtida aniqlangan. Topilgan Isroil shtammi, olimlarning fikriga koʻra, klinik yoki epidemiologik ahamiyatga ega emas, yaʼni infeksiyaning tarqalish tezligiga taʼsir qilmaydi, alomatlarni kuchaytirmaydi va emlash samaradorligiga taʼsir qilmaydi. 

Ushbu mutatsiya oʻtgan yilning iyul oyida paydo boʻlgan va hozirda yoʻqolib bormoqda.

Shu yilning yanvar oyida Isroilda xavfli boʻlishi mumkin boʻlgan koronavirus mutatsiyasi aniqlangani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo bu maʼlumot tasdiqlanmadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?