Isroil yana qochqinlar lageriga havodan zarba berdi. 65 ta falastinlik tinch aholi halok boʻlgani aytilmoqda

16:36 10 Sentyabr 2024 Dunyo
271 0

Foto: Reuters

Isroil aviatsiyasi seshanba kuni tongda Gʻazo janubidagi qochqinlar lageriga zarba berdi. Bu haqda “Reuters” agentligi maʼlum qildi.

Falastin rasmiylariga koʻra, ushbu hujum keng koʻlamli vayronagarchiliklarga sabab boʻlgan. Zarba oʻzidan katta krater qoldirdi va qochqinlarning chodirlarini vayron qildi. Qutqaruvchilar tirik qolganlarni qidirishmoqda.

Isroil tinch aholi uchun xavfsiz hudud boʻlishi kerak boʻlgan al-Mavasi hududidagi XAMAS qoʻmondonlik markazini nishonga olganini aytdi. Shunga qaramasdan, XAMAS mintaqada oʻz qoʻshini yoki qarorgohi borligini rad etdi. Falastin favqulodda xizmatlarining xabar berishicha, kamida 65 kishi halok boʻlgan yoki yaralangan.

“Biz xavfsiz boʻlishi kerak boʻlgan gumanitar hududda edik, ammo Isroil bunga eʼtibor bermadi”, degan qochqinlar lagerida yashab kelgan Rayed Abu Muammar. XAMAS Isroilning bunday hujumiga qanday javob berishi nomaʼlum, ammo Tel-Aviv gumanitar hududga qilgan hujumi uchun javob berishi kerak deb, hisoblanmoqda.

“Reuters” jurnalistiga koʻra, atrofdagi chodirlar butunlay yonib ketgan. Vayronaga aylangan qochqinlar lagerida metall ramkalar, qum ostida qolgan mashinalar va qochqinlarning maishiy buyumlarining tartibsiz yoyilib yotibdi. Hozirda ham qidiruv va qayta tiklanish jarayoni ketyapti.

Avvalroq, Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi 3 ta vazirlikning 398 ta xodimiga nisbatan chora koʻrgani haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер