Isroil mudofaa vaziri urush qachon tugashini maʼlum qildi

13:42 13 May 2024 Dunyo
232 0

Foto: UNRWA

Birlashgan Millatlar Tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, kamida 300 ming falastinlik Rafahni tark etgan. Isroil janubiy shaharda hujumlarni kengaytirib, u yerda HAMAS kuchlari bilan toʻqnash keldi. Misr Isroilni Gʻazo sektoridagi genotsid konvensiyasi boʻyicha oʻz majburiyatlarini buzganlikda ayblab, Xalqaro sudda Janubiy Afrikaning Tel-Avivga qarshi daʼvosiga rasman qoʻshilishini aytdi. Soʻnggi kunlardagi hujum oqibatida toʻrt nafar bola ham halok boʻlgan.

Rafahga tinch joy izlab borganlar bugun yana koʻchishga majbur boʻlmoqda. Baʼzi oilalar urush boshlanganidan beri oltinchi yoki yeettinchi marta koʻchirildi. Hozir ularning hammasi Al-Mavasi tomon yoʻl olishmoqda.

Isroil armiyasi nafaqat xavfsizlik, balki, gumanitar yordam yetkazilishiga ham bosim oʻtkazmoqda. Falastinliklar buni tizimli reja deb hisoblab, dushman kuchlari Gʻazo sektorini toʻliq nazorat qilish ilinjida ekanligini biladi.

Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallantning aytishicha, Gʻazoga qarshi urush asirlar ozod qilinib, HAMAS boshqaruvi va uning harbiy salohiyati barham topmaguncha davom etadi.

Shuningdek, hujumlar Jabaliya qochqinlar lagerida ham boʻlib oʻtmoqda. Isroil askarlari armiya va Falastin guruhlari bilan toʻqnash kelib, lagerning sharqiy va markaziy qismlariga chuqurroq kirib borgan. Yahudiy kuchlari aholi zich joylashgan hududdagi oltita evakuatsiya markazini oʻrab olib, qamal qilishi tufayli vaziyat yanada ogʻirlashgani maʼlum.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер