Isroil Gʻazoni tark etishi uchun bitta shart bajarilishi kerak. Bu Misr bilan bogʻliq
Foto: Reuters
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Misr bilan Gʻazo oʻrtasidagi chegara yoʻlagi toʻliq yopilmasa, mamlakat Falastinda doimiy oʻt ochishni toʻxtatishga rozi boʻlmasligini bildirdi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.
Yahud davlati bosh vazirining taʼkidlashicha, Isroil Misr va Falastin oʻrtasidagi Filadelfiya yoʻlagi XAMAS tomonidan qurol va materiallar kontrabandasida foydalanilmasligini gumon qilmoqda. Netanyaxu Quddusdagi matbuot anjumani chogʻida “Bu sodir boʻlmaguncha, biz shu yerdamiz”, degan.
Gʻazo sektori janubida joylashgan Filadelfiya yoʻlagi janglarni toʻxtatish boʻyicha kelishuvga erishishda asosiy toʻsiq sifatida koʻrilayotgani aslida muammoning ildizi emas. Netanyaxu hududdan chiqib ketishni rad etib, kelgusi hujumlarni rejalashtirishda foydalanish uchun nazoratni olishga intilayotgan boʻlishi mumkin.
Netanyaxu urushdan keyingi har qanday kelishuv XAMASning jismoniy tugallash bilan yakunlanishini istaydi. Tel-Aviv muqobil variantlarga ochiqligini bildirmoqda, ammo har qanday tashqi kuch hududni toʻliq nazorat qila olishiga shubhasini ochiqlagan. Bosh vazirning bunday pozitsiyasi baʼzi Isroil rasmiylari tomonidan ham tanqidga uchradi.
Tanqidchilarning taʼkidlashicha, Isroil doimiy bu hududda boʻlishni istashi ushbu muhim savdo yoʻlagini boshqarishga intilishi bilan bogʻliq. Bu hududning nazoratga oʻtishi Isroilga Gʻazodagi qochqinlarga insonparvarlik yordamlarini ham toʻsib qoʻyishi mumkin.
Baʼzi yahudiy siyosatchilari Netanyaxuning ushbu pozitsiyasi mojaroni choʻzish va isroillik garovga olinganlarning xavfsizligini xavf ostiga qoʻyishiga ishonadi. Bosh vazirning fikricha esa, Filadelfiya koridori XAMASning kuchlarini qayta taʼminlash va kuchaytirishda asosiy rol oʻynaydi. Isroil kelajak uchun aniq kafolatlar olmaguncha, Netanyaxu Isroil qoʻshinlari qolishini aniq aytgan.
Avvalroq, Oʻzbekistonliklar qaysi davlatlarga koʻproq sayohat qilishayotgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Maktablarda yangi o’quv yili boshlandi — Fotoreportaj
- Hotdogdan choʻchqa yogʻigacha: maktab oshxonasida qanday oziq-ovqatlarni sotish taqiqlangan?
- Soliq inspeksiyasi xodimi 2 sinf oʻquvchilaridan nimani xohlaydi (video)?
- Talabalar diqqatiga: ijara pulining bir qismini qoplab berish boʻyicha onlayn ariza berish boshlandi
- Eldor Shomurodov “Roma”ning mavsumdagi debyut golini urdi. Italiyaliklar futbolchini “Oʻzbek Messi”si deb atamoqda (+video)
- Asila Mirzayorova Paralimpiya oʻyinlari rekordini oʻrnatdi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring