Isroil Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha HAMASga yangi taklif bilan chiqdi

17:51 02 Aprel 2024 Dunyo
344 0

Foto: AP

Isroil vositachilar orqali Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha yangi takliflarni Falastinning HAMAS harakatiga yetkazgan. Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning idorasi saytida xabar berildi.

“Muzokaralar doirasida Misrning foydali vositachiligida HAMAS uchun yangilangan taklifni ishlab chiqdilar. Isroil vositachilardan kelishuvga erishish yoʻlida muzokaralarni olgʻa surish uchun HAMASga qarshi qatʼiy choralar koʻrishini kutmoqda”, — deyiladi Isroil Bosh vazirining idorasi bayonotida.

Idora xabarida Isroil taklifi haqida qoʻshimcha maʼlumot berilmagan.

Qayd etilishicha, Isroil garovga olinganlarni HAMASdan ozod qilish va mamlakatga qaytarish uchun barcha zarur saʼy-harakatlarni davom ettirmoqda.

Bungacha HAMAS harakati vakillari Isroilning Gʻazo sektorida xalqaro harbiy kontingentni joylashtirish haqidagi taklifini rad etgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?