Isroil Eronning tahdidi tufayli 28 ta diplomatik vakolatxonasini vaqtincha yopdi

15:03 05 Aprel 2024 Dunyo
429 0

Illyustrativ foto

Isroil Eron tahdidi tufayli dunyo boʻylab oʻzining 28 ta diplomatik vakolatxonasini vaqtincha yopdi. Bu haqda Buyuk Britaniyaning “Sky News” telekanalining arab nashri xabar berdi.

Elchixonalarni yopish qarorini Isroil Tashqi ishlar vazirligi Bosh xavfsizlik xizmati bilan kelishgan holda qabul qilgan. Missiya xodimlaridan hozircha ishga kelmaslik, hushyor boʻlish va Isroilga aloqador boʻlgan joylarga borishdan vaqtincha tiyilish soʻralgan.

“28 diplomatik vakolatxona Eron Damashqdagi konsulligiga qilingan hujumga javob qaytarish bilan tahdid qilganidan keyin yopildi”, — deyiladi nashrda.

Avvalroq, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Eron tomonidan qilingan tahdidlarga izoh berib, uning davlati xavfsizligiga har qanday zarar yetkazilsa, javob berishini aytgandi.

Bundan oldin Isroil Damashqdagi Eron elchixonasi yonidagi binoga raketa hujumi uyushtirgan edi. Hujum natijasida konsullik binosi vayron qilingan, Eronlik generallar Muhammad Rizo Zahidiy va Muhammad Hodi Hoji Rahimiy hamda yana besh nafar zobit, jami 11 kishi halok boʻldi.

Kecha dunyoning bir qator OAV oʻz manbalariga tayanib, Eron 48 soat ichida Isroilga hujum qilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер