Ispaniyada 16 yoshgacha boʻlgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlanadi
Illyustrativ foto
Keyingi hafta Ispaniya Vazirlar Kengashi tomonidan 16 yoshgacha boʻlgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishiga taqiq tasdiqlanishi kutilmoqda. Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanchesning izoh berishicha, Madrid voyaga yetmaganlarni “raqamli yovvoyi Gʻarb”dan himoya qiladi.
“Platformalar samarali yoshni tekshirish tizimlarini joriy etishi shart boʻladi — bu shunchaki rasmiyatchilik uchun emas, balki ishlaydigan haqiqiy toʻsiqlar uchun”, — deydi Sanches.
“Politico” nashrining xabar berishicha, taqiq kelasi hafta Ispaniya Vazirlar Kengashi tomonidan tasdiqlanishi kutilmoqda. Yangi tuzatish 16 yoshgacha boʻlgan foydalanuvchilarga raqamli platformalarda roʻyxatdan oʻtishni aniq taqiqlaydi.
Sanchesning soʻzlariga koʻra, bu raqamli makonni “qayta nazorat qilish” uchun zarur boʻlgan kengroq chora-tadbirlar toʻplamining bir qismidir. “Hukumatlar zararli kontentning tarqalishiga koʻz yumishni bas qilishi kerak”, dedi u.
Bu ijtimoiy tarmoq rahbarlarini noqonuniy kontent uchun qonuniy javobgarlikka tortishni, shuningdek, dezinformatsiya, nafrat va bolalar pornografiyasini qattiqroq monitoring qilishni oʻz ichiga oladi.
Daniya, Fransiya va Portugaliya ham xavotirlarini bildirdi
Smartfon va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning bolalarning ruhiy salomatligiga salbiy taʼsiri haqidagi xavotirlar boshqa mamlakatlarda ham mavjud.
Masalan, Daniya ilgari 15 yoshgacha boʻlgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash rejalarini eʼlon qilgan edi. Yevropa darajasida Yevropa Komissiyasi yaqinda “YouTube” va “Snapchat” kabi platformalar voyaga yetmaganlarni himoya qilish boʻyicha Raqamli xizmatlar toʻgʻrisidagi qonun talablariga javob berishini koʻrib chiqishini eʼlon qildi.
Fransiya shunga oʻxshash taqiqni shu yilning sentyabr oyidayoq joriy etishni rejalashtirmoqda.
Portugaliyada hukmron Sotsial-demokratik partiyasi 2-fevral kuni 16 yoshgacha boʻlgan bolalardan ijtimoiy tarmoqlarga kirish uchun ota-onalarining roziligini olishni talab qiladigan qonun loyihasini taqdim etdi.
Avstraliya esa 16 yoshgacha boʻlganlar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlagan dunyoda birinchi davlat hisoblanadi. 2024-yil noyabr oyida parlament tomonidan qabul qilingan qonun 2025-yil 10-dekabr kuni yarim tunda kuchga kirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring