Islom sivilizatsiyasi markazi kutubxonasi fondi 515 419 ta yozma manba, zamonaviy nashr va elektron nusxadagi manba bilan boyitildi

19:26 17 Avgust 2022 Jamiyat
658 0

Foto: president.uz

AOKAda oʻtkazilgan brifingda Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov oʻtgan olti oyda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumot berdi.

Joriy yilning 1 – 10-iyun kunlari Markaz ilmiy xodimlari tomonidan Islom hamkorlik tashkiloti huzuridagi Islom tarixi va madaniyatini tadqiq qilish markazi (IRSIKA) hamda Oʻzbekistonning Turkiyadagi elchixonasi hamkorligida Turkiyaning Istambul va Anqara shaharlarida “Oʻzbekiston - Islom sivilizatsiyasi markazi va Yangi Oʻzbekiston” mavzularida Markaz taqdimoti va foto koʻrgazmasi tashkil etildi.

Shuningdek, “Islom sivilizatsiyasi markazi: shonli tarixdan buyuk kelajak sari” mavzusida turkum koʻrsatuvlar efirga uzatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?