Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi

13:48 31 Avgust 2021 Iqtisodiyot
250 0

Joriy yilning 30-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Islom taraqqiyot banki Prezidenti Muhammad Sulaymon al-Jassir bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati maʼlum qildi.

Uchrashuv chogʻida kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash, taʼlim, infratuzilmaviy qurilish, sogʻliqni saqlash va qishloq joylarda hayot sifatini yaxshilash sohalarida 6 ta yangi investitsiya loyihasi boʻyicha ishlarni faollashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Tomonlar joriy yilning 1-sentyabridan 4-sentyabriga qadar Toshkentda boʻlib oʻtadigan ITB Boshqaruvchilar Kengashining Yillik anjumaniga tayyorgarlik koʻrish ishlarini muhokama qildi. ITB Prezidenti anjuman va u bilan bogʻliq tadbirlar yuqori saviyada tashkil etilayotgani uchun Oʻzbekiston tomoniga minnatdorlik bildirdi.

Uning qayd etishicha, mazkur tadbir xalqaro hamjamiyat hamda ITBga aʼzo mamlakatlarning ishbilarmonlik doiralari vakillarida katta qiziqish uygʻotdi: hozirgi paytga kelib uchrashuvda ishtirok etish uchun 2 mingdan ortiq kishi roʻyxatdan oʻtgan va ularning soni oʻsishda davom etmoqda. Tadbirda Bankka aʼzo 57 mamlakatdan 2500 dan ortiq vakil, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va taraqqiyot institutlari vakillari qatnashishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?