Islohotlar to‘xtab qolmaydi, aksincha...

18:19 19 Oktyabr 2021 Jamiyat
627 0

Hasan PAYDOYEV - "Xalq so'zi"

Keyingi yillarda Izboskan tumanida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar hudud taraqqiyotini yanada tezlashtiryapti, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Buni, jumladan, ishlab chiqarishdagi natijalar, qishloq va mahallalar obodligi, aholi turmush darajasi farovonlashib borayotganida ham kshrish mumkin, albatta.

Eʼtiborli jihati, Vatan ravnaqi, odamlar roziligi yo‘lida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarda 2-sektor mutasaddilari ham faol ishtirok etyapti.

Tuman prokurori Z. Rustamov rahbarligidagi 2-sektorda 15 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud bo‘lib, ulardagi 9422 ta xonadonlarda 60 ming nafardan ortiq fuqarolar istiqomat qilib kelmoqda.

Vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida sektor hududida yashovchi kam taʼminlangan va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlagan holda, ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etib borish, ishsiz fuqarolarning bandligini taʼminlash, tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga jiddiy eʼtibor qaratilgan.

Jumladan, sektor hududida yashovchi jami 1216 ta oila “temir daftar”ga kiritilib, ularning qariyb 93 foizi doimiy daromad manbai yaratilgani bois daftardan chiqarilgan. Xususan, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hamda boshqa mablag‘lar hisobidan 325 ta oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari,

84 tasiga dori-darmon, 98 tasiga chorva hayvonlari yetkazib berildi. 228 tasiga naqd pul ko‘rinishida va 26 tasiga boshqa turdagi jami 2 mlrd. so‘mlik moddiy yordamlar ko‘rsatildi.

— Ijtimoiy himoyaga muhtoj, ko‘p bolali hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolar doimiy nazoratimizda, — deydi tuman prokurori, 2-sektor rahbari Z. Rustamov. — Shuningdek, birinchi bosqichda “ayollar daftari”ga kiritilgan 347 nafar va “yoshlar daftari”ga kiritilgan 801 nafar fuqaroning bandligini taʼminlash, ularga tadbirkorlik faoliyati uchun kredit ajratish va boshqa yordamlar ko‘rsatish hisobidan barchasini daftardan chiqarilishi taʼminlandi.

Xususan, ushbu maqsadlarda tegishli jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan 370 mln. so‘mlik turli yordamlar ko‘rsatilib, 403 nafarining bandligi taʼminlandi, 203 nafar ayollar va yoshlarga 4 mlrd. 372 mln. so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilishi taʼminlandi.

Masalan, “Kuyganyor” MFYda yashovchi O. To‘xtanazarovaga 2 nafar nogiron farzandlarini davolatish uchun 6,9 mln. so‘m, T. Bo‘ronovaga dori-darmon olish uchun 3,5 mln. so‘m, “Toshkechik” MFYda yashovchi D. Madaminovaga sog‘lig‘ini tiklash uchun 1,5 mln. so‘m, “O‘rtaqishloq” MFYda yashovchi O‘. Mirzaevaga davolanishi uchun 4,5 mln. so‘m, M. Ulug‘bek nomidagi mahallada yashovchi O. Solievaga dori-darmon olish uchun 835 ming so‘m miqdoridagi yordamlar ko‘rsatildi.

Qaramog‘ida bir va undan ortiq nogiron bolalari bo‘lgan 21 nafar yolg‘iz ayollarning 19 nafariga tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, davolanish, dori-darmonlar olish va reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash choralari ko‘rildi. Yoki yoshlarning 129 nafari ishga joylashtirilgan bo‘lsa, 36 nafariga dehqonchilik qilish uchun 3,6 gektar yer maydonlari ajratib berildi, 36 nafariga kredit ajratildi, uy sharoitida tadbirkorlik qilish uchun 7 nafariga subsidiya ajratildi hamda boshqa sohalarda ish faoliyatini boshlanishiga erishilgani hisobidan jami 208 nafar yoshlarning bandligi taʼminlandi.

Qolaversa, yoshlarni sportga keng jalb qilish va ko‘cha sportini rivojlantirish maqsadida 70 dan ortiq ommaviy sport tadbirlari o‘tkazilib, sektordagi mavjud 15 ta mahallarning barchasida “Workout” sport anjomlari o‘rnatildi.

Sektorda bu borada olib borilayotgan ishlar izchillik bilan davom ettirilib, 2-bosqichda “ayollar daftari”ga kiritilgan 916 nafar ayolning 786 nafarida, “yoshlar daftari”ga kiritilgan 875 nafar yoshning 872 nafarida aniqlangan muammolarni bartaraf etish choralari ko‘rildi.

Bundan tashqari, nogironligi bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularga ko‘mak berish doirasida “Qum ko‘cha” MFYda yashovchi M. Xokimovga, “Yuqori Chuvama” MFYda yashovchi M. Xayitovalarga nogironlik aravachasi yetkazib berildi. Shuningdek, aholini ijtimoiy rivojlantirish, mahallaning o‘sish nuqtasini aniqlash hamda infratuzilmasini yaxshilashda belgilab berilgan “mahallabay” va “xonadonbay” asosida ish tashkil etildi.

Xususan, bunda, birinchi navbatda, 15 ta mahallada yashovchi aholining muammolari va biznes tashabbuslari o‘rganilib, mahallani rivojlantirishning drayver sohalari aniqlab olindi. Jumladan, mahallalarning 2 tasi sabzavotchilik, 5 tasi sholichilik, kasanachilik va xizmat ko‘rsatish hamda 3 tasi parranda va chorva hayvonlarini yetishtirish sohalariga ixtisoslashgani aniqlanib, ushbu sohalarni rivojlantirish borasidagi ishlar tizimli ravishda tashkil etildi.

Masalan, Urganji mahallasining o‘sish drayveri sifatida parrandachilik belgilangan bo‘lib, 200 ta xonadonlarga subsidiya hisobidan jami 10 mingta tovuq yetkazib berilishi hisobiga ushbu oilalarni doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga erishildi.

Lider tadbirkor sifatida belgilab olingan “Etti xazina durdonasi“ ishlab chiqarish kooperativi tomonidan qulaylik yaratish maqsadida ushbu mahallada yashovchi fuqarolardan tuxumlarni yig‘ib olib, sotib to‘lovlarni amalga oshirish hamda aholiga berilgan tuhum hisobidan yem mahsulotlarini yetkazib berish tizimi yaratildi. Bundan tashqari, aholini biznes xohish-istagi borlariga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi va kredit olishiga ko‘maklashilmoqda.

Xususan, mahalallarning “o‘sish nuqtasi”dan kelib chiqib, “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratilmoqda. Bugungi kunda 95 nafar fuqaroga 1 mlrd. 906 mln. so‘mlik kreditlar ajratildi.

Bundan tashqari, “Qo‘g‘ay” MFY o‘ramida “Аnd Gold tekstil” MChJning korxonasi ishga tushirilishi hisobiga 1200 ta, “Beshterak” MFYda “Rizq Invest” MChJ ishga tushirilishi hisobiga 200 ta yangi ish o‘rni yaratilib, ishsiz fuqarolarning bandligi taʼminlandi.

Sektorda yashovchi “temir daftar”, “ayollar daftari” va “yoshlar daftari”ga kiritilgan 1287 nafar fuqaroga g‘alladan bo‘shagan 195,6 gektar yer maydoni dehqonchilik qilish uchun ajratildi. Bu esa bandlik masalalarida qo‘l keldi.

Muhimi, Izboskan tumani 2-sektori hududida bu boradagi ishlar bir zumga bo‘lsa-da to‘xtab qolgani yo‘q, aksincha, izchillik bilan davom ettiriladi.

 

“Xalq so‘zi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?