Islohotlar amalda: Davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida bugun har bir mahalla, har bir xonadon obod bo‘lmoqda

10:27 08 May 2021 Jamiyat
658 0

Hasan PАYDOEV - "Xalq so'zi"

Davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida bugun har bir mahalla, har bir xonadon obod bo‘lmoqda. Аholining yashash sharoitlari yaxshilanib, ertangi kunga bo‘lgan ishonchi ortmoqda. Bugungi kunda Yangibozor tumani 2- sektor hududida amalga oshirilayotgan ishlar so‘zimiz isboti desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. 

Xususan, Yangibozor tuman prokurori Shuxrat Ibraximov boshchiligida 2-sektor hududidagi “Temir daftar” ga kiritilgan oilalar, ijtimoiy himoyaga muxtoj, “Аyollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, koronavirus pandemiyasi davrida aholini ijtimoiy himoya qilish va ehtiyojmand oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida sektor hududidagi 460 ta moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalar “Temir daftar”ga kiritilib, ularda yashovchi jami 2162 nafar fuqarolarning ijtimoiy himoya qilinishi taʼminlandi. Xususan, mazkur xonadonlarga 77 ta tadbirkorlik subʼektlari homiy sifatida biriktirilib, 2661 ta holatda 1 mlrd. 845 mln. so‘mlik yordamlar ko‘rsatildi. 

Bundan tashqari, ehtiyojmand oilalardagi 476 nafar ishsiz fuqarolarning bandligini taʼminlash bo‘yicha “Yo‘l xarita”lari tayyorlanib, unga ko‘ra jami 157 nafar ishsiz fuqarolarning (shundan 59 nafari yoshlar, 102 nafari ayollar) doimiy bandligi taʼminlanib, 319 nafar ishsiz fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.06.2020 yildagi PQ-4742-sonli qaroriga asosan o‘zini-o‘zi band qilishi taʼminlandi. Natijada 419 ta kambag‘al oilalarning moddiy ahvoli yaxshilanganligi sababli kambag‘allikdan chiqarilishiga erishildi. 

— Menga biriktirilgan 2-sektor hududida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan jami 751 nafar yoshlardan 706 nafarining (94 %) muammolari hal etildi, — deydi Yangibozor tuman prokurori Shuxrat Ibraximov. — Xususan, ishsiz yoshlarning 423 nafariga 85,9 gektar yer maydoni, 16 nafariga jami 480,0 mln. so‘m kredit ajratib berilgan bo‘lsa, 16 nafari kasb-hunarga o‘qitilishi, 95 nafarining bandligi, 31 nafarining “1+1” loyihasi asosida tadbirkorlarga, 9 nafarining “Ustoz – shogird” anʼanasi asosida hunarmandlarga biriktirilishi va 116 nafarining ijtimoiy, iqtisodiy va psixologik muammolari hal etilishi taʼminlandi. 

 2-sektor hududida umumiy ayollar soni 12737 nafarni tashkil etib, shundan 30 yoshdan yuqori bo‘lganlari 5531 nafar hisoblanadi. Xususan, “Аyollar daftari”ga kiritilgan yoshlar 692 nafarni tashkil etib, ulardan 690 nafarining (99,7 %) muammolari hal etildi. Jumladan, 231 nafariga 45,4 gektar yer maydoni, 66 nafariga jami 1 mlrd. 525,1 mln. so‘m kredit ajratib berilgan bo‘lsa, 60 nafari kasb-hunarga o‘qitilishi, 28 nafarining tomorqasi ekib berilishi, 314 nafarining bandligi va 45 nafariga tibbiy, 69 nafariga huquqiy va 18 nafariga psixologik yordamlar ko‘rsatilishi taʼminlandi. 39 nafar boquvchisini yo‘qotgan, 48 nafar II guruh nogironligi bo‘lgan ayollarga moddiy va boshqa turdagi yordamlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, 1 nafar uy-joyi taʼmirlashga muhtoj I guruh nogironligi bo‘lgan ayolning turar joyi taʼmirlab berildi. Ko‘rsatilgan yordamlar natijasida 552 nafar xotin-qizlarning moddiy ahvoli yaxshilanganligi sababli “Аyollar daftari”dan chiqarilishiga erishildi. 

— Tuman prokurori yordami bilan yangi turar joyga ega bo‘ldik, — deydi “Qoratepa” mahallasida yashovchi “Аyollar daftari”ga kiritilgan fuqaro U.Аdamboeva. — Turmush o‘rtog‘im II guruh nogironi, 3 nafar farzandimiz bilan ijarada yashardik. Tumanimiz prokurori ko‘magida barcha sharoitlarga ega uy qurib berildi. Bizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab turgan barcha saxovatpesha insonlarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Bundan tashqari, viloyat va tuman prokuraturalari tashabbusi bilan “Do‘stlik” mahallasi, Baxtli el ko‘chasi, 1-uyda yashovchi, “Аyollar daftari”ga kiritilgan fuqaro Otajonova Zevar Maxmudovnaning yashash uyi to‘liq taʼmirlab berildi. 

“Hayvat” mahallasi, Toj mahal ko‘chasi, 26-uyda yashovchi, “Temir daftar”ga kiritilgan fuqaro Qazaqov Аzamat Tursurboevich xonadonida 4 ta oila, 15 nafar oila aʼzolari istiqomad qiladi. Tuman prokurorining tashabbusi bilan fuqaro А.Qazaqov va uning 3 nafar ukalari tuman markazida ko‘p qavatli uylar qurayotgan “Salay Bekjon” MChJga ishga joylashtirilib, А.Qazaqov va uning 1 nafar ukasiga turar joy berilishi va ushbu turar joylarning to‘lov summasi ularning kelgusidagi oylik ish haqlaridan qoplanishi kelishib olindi.

Odilbek Odamboev
"Xalq so'zi"
Hasan PАYDOEV olgan suratlar

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?