Isitish mavsumiga tayyorgarlik boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi

22:51 27 Sentyabr 2022 Jamiyat
632 0

Foto: Arxiv surat

Bu haqda AOKAda Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri oʻrinbosari Qurbon Tursunov ishtirokida oʻtkazilgan brifingda maʼlum qilindi.

Vazirlar Mahkamasining 522-son qarori bilan respublikada barcha yoʻnalishlar boʻyicha isitish mavsumini barqaror oʻtishini taʼminlash boʻyicha aniq vazifalar belgiladi:

— 2 967 ta koʻp kvartirali uy-joy fondini;

— 1 815 km ichimlik suv tarmoqlari;

— 1 689 ta nasos uskunalari;

— 24 ta markaziy va mahalliy qozonxonalar;

— 809 ta turli markadagi qozonlar;

— 737 km issiqlik tarmoqlari;

— 88 080 km elektr uzatish tarmoqlari;

— 29 135 ta transformator punktlarini mukammal va joriy taʼmirlash rejalashtirilgan.

149 km gaz quvurlari va 299 ta gaz taqsimlash punktlarini taʼmirlash bilan birga, 314 400 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish hamda 1 million 700 ming tn koʻmir zaxirasini yaratiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?