Ishtixonlik oqkoʻngil yigitning orzulari ushaldi

11:08 13 Oktyabr 2021 Jamiyat
146 0

Foto: Abdulaziz Yo'ldoshev / Xalq so'zi

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov tomonidan shu yil 4-sentabr kuni Ishtixon tumanida oʻtkazilgan sayyor qabulda nogironligi boʻlgan Oybek Madatov nogironlik aravachasi va kosiblik bilan shugʻullanish uchun ustaxona soʻrab murojaat qilgan edi. Hokim va oqkoʻngil yigitning samimiy suhbati ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarini diqqatini tortgan va koʻplab muhokamalarga sabab boʻlgandi.

Oradan bir hafta oʻtmay, Oybekning barcha muammolari hal boʻldi. Aravacha, ustaxona, sogʻin sigir berildi. U yashab turgan uy taʼmirlandi. Va nihoyat, Oybek uylandi. Bugun uning xonadonida quvonch, fayzu baraka hukmron.

Rahbarlarning xalq orasida boʻlishi, oddiy odamlarning dardu tashvishlari bilan yashashi mana shunday natijalarni berishi muqarrar.

A. Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?