Ishtixonda “Faxriylar bogʻ alleyasi” tashkil etildi

Samarqand viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan Ishtixon tuman prokuraturasi hududida 0,04 gektar yer maydoniga “Faxriylar bogʻ alleyasi” tashkil etildi.
Unda prokuratura xodimlari, uzoq yillar xizmat qilib, ayni vaqtda nafaqada boʻlgan mehnat faxriylari ishtirok etib, yaxshi niyatlar bilan 40 tup mevali, 30 tup manzarali daraxtlar hamda 100 tup bir yillik koʻchatlar ekishdi.
Bu tadbir joriy yilning 2-noyabr kuni davlat rahbari huzurida oʻtkazilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasini tatbiq etish hamda daraxtlarni ekish, parvarishlash va koʻkalamzorlashtirish tizimini samarali tashkil etish chora-tadbirlariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosiga ulanib, ”Dolzarb 40 kunlik” aksiyasi doirasida tashkil etilmoqda.
Amalga oshirilayotgan bu kabi tadbirlar tabiatni asrash, ekologik musaffolikni taʼminlashga koʻmak berishi bilan ahamiyatlidir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Yevropada maymun chechakdan birinchi oʻlim qayd etilgani maʼlum qilindi
- Maymun chechak Osiyoning yana bir davlatiga kirib keldi
- Oʻzbekistonlik bokschilar Quvaytdagi musobaqada 5 ta oltin medalga sazovor boʻlishdi
- Buyuk Britaniya politsiyasi qiymati 40 million funt sterlinglik boʻlgan kokainni musodara qildi
- Bolgariya parlamenti tarqatib yuborildi
- Bryussel Boris Jonsonning NATO bosh kotibi lavozimini egallash ehtimolini baholadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring