Ishsizlarning kasb oʻrganish davri mehnat stajiga qoʻshiladi

17:59 12 Sentyabr 2022 Jamiyat
436 0

Foto: Arxiv surat

Qonunchilikka koʻra, ishdan mahrum boʻlgan, birinchi marta ish qidirayotgan, uzoq (1 yildan koʻp) tanaffusdan keyin ishni qayta boshlashni istagan va ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslarga:

— ishsizlik nafaqasi toʻlash;

— qaramogʻidagilarni hisobga olgan holda moddiy yordam berish;

— kasb oʻrganish, malaka oshirish yoki qayta tayyorlash davrida stipendiya toʻlanishi hamda shu davrni mehnat stajiga qoʻshish;

— haq toʻlanadigan jamoat ishlarida qatnashish imkoniyati taʼminlanadi.

Ish qidirayotganlarni roʻyxatga olish, ishsiz deb eʼtirof etish, ularga yordam koʻrsatish, ishsizlik nafaqalarini toʻlash tuman (shahar) aholi bandliliga koʻmaklashish markazlari tomonidan amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?