“Ishlaganni — ragʻbatlantirish, ishlamaganni — jazolash” tizimi sarhisob qilindi

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati.
Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 10 yanvar kuni mamlakatimiz tinchligi va jamoat xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilikning oldini olish borasidagi kelgusi vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Davlatimiz rahbari oʻtgan bir yilda ichki ishlar organlari tizimida amalga oshirilgan oʻzgarishlarga ham alohida eʼtibor qaratdi.
— Xabaringiz bor, oʻtgan yili “ishlaganni — ragʻbatlantirish, ishlamaganni — jazolash tizimi”ni joriy etgan edik. Bugun uni sarhisob qiladigan vaqt keldi, — dedi Prezident.
Shundan kelib chiqib, jinoyatchilikni jilovlashda eng yuqori natijaga erishgan 10 ta hudud — Shirin va Guliston shaharlari, Shahrisabz, Yangiyoʻl, Kegeyli, Qonlikoʻl, Xovos, Sardoba, Mirobod, Oʻrta Chirchiq tumanlari ichki ishlar boʻlimlari boshliqlarini moddiy ragʻbatlantirish, aksincha, bu borada koʻrsatkichlari eng salbiy boʻlgan 10 ta hudud — Nurota, Nishon, Ellikqalʼa, Paxtaobod, Doʻstlik, Paxtakor, Izboskan, Boʻstonliq, Buvayda, Quyi Chirchiq tumanlari ichki ishlar boʻlimlari boshliqlariga jarima shaklidagi intizomiy jazo qoʻllash boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.
Qonun ustuvor, adolat barqaror boʻlsa, jinoyatchilikka oʻrin qolmaydi
Prezident ichki ishlar organlari oldidagi muhim vazifalarni belgilab berdi
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring