Ishlab chiqaruvchilar tomonidan sotiladigan gazga aksiz soligʻi solinmaydi

16:35 25 Oktyabr 2021 Hujjatlar
2310 0

“Aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan barqaror taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–5267-son, 25.10.2021-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2021-yil 1-oktabrdan yuridik shaxslar tomonidan Oʻzbekistonga import qilingan tabiiy gazni realizatsiya qilishda aksiz soligʻining nol foizlik stavkasi belgilandi.

2022-yil 1-yanvardan ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan sotiladigan suyultirilgan gazga aksiz soligʻi solinmaydi.

Tadbirkorlarga tabiiy va suyultirilgan gazni Oʻzbekistonga import qilishda QQSni 120 kungacha muddatga foizlar hisoblanmagan va uning toʻlanishini taʼminlash talab etilmagan holda, kechiktirib (boʻlib-boʻlib) toʻlash huquqi beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?