Ishga joylashtirib qoʻyish bilan bogʻliq firibgarlik holatlari aniqlandi

11:39 05 Yanvar 2024 Jamiyat
294 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan  M.P. 9 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularga oʻzini goʻyoki Qarshi zamonaviy ijtimoiy gumanitar nodavlat oliy taʼlim muassasasi rahbari deb tanishtirib, ularni  ushbu muassasaga ishga qabul qilishi evaziga jami 12 200 AQSH dollarini va 126,8 mln soʻmini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro T.M. fuqaro U.F.ni goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ishga kiritib qoʻyishi evaziga 2 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Qarshi shahar boʻlimi tomonidan IIB va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa Qarshi shahar markaziy poliklinikasi hamshirasi F.P. fuqaro M.Sh.ni tanishlari yordamida Milliy gvardiya viloyat boshqarmasiga qarashli shifoxonaga ishga joylashtirib qoʻyishi evaziga uchun 1 200 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar  ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер