Ishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

19:49 03 Oktyabr 2022 Jamiyat
322 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Ohangaron tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “Ohangaron Muruvvat nogironligi boʻlgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi”da tibbiyot ogʻasi vazifasida ishlovchi J.R. fuqaro Sh.ni 2 000 AQSH dollari evaziga ushbu internetga hamshira vazifasiga ishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilib, oldindan 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?