Ish vaqtida jarohatlangan fuqaroga toʻlanishi kerak boʻlgan mablagʻ kamaytirib toʻlab kelingan — Ombudsman

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Oqdaryo tuman boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.I.” MCHJning fermer xoʻjaliklariga oʻrnatib bergan tomchilatib sugʻorish texnologiyalari mutaxassislarni jalb qilgan holda nazorat oʻlchovidan oʻtkazilganda, korxona tomonidan 442,8 mln soʻmlik tomchilatib sugʻorish uskunalari oʻrnatilmasdan, ushbu mablagʻlar talon-toroj qilinganligi aniqlangan.
Bundan tashqari, “A.Sh.” va “M.” fermer xoʻjaliklariga tomchilatib sugʻorish texnologiyasi toʻliq oʻrnatilmagan boʻlsada, ushbu xoʻjaliklarga suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishga sarflangan xarajatlarni bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi tuman ishchi guruhi tomonidan 160 mln soʻm subsidiya ajratilgan.
Shu kabi, Departamentning Beshariq tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “N.Y.” xususiy korxonasi rahbari S.A. “S.t.” UK viloyat filiali masʼul shaxslari bilan oʻzaro til biriktirib, “V.-D.” kichik sanoat zonasidagi ichimlik suvi tizimi qurilishida haqiqatda bajarilmagan ishlarni qoʻshib yozish orqali 348,4 mln soʻmni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Departamentning Marhamat tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, “V.Yu.” MCHJ rahbari Oʻ.Yu. va “S.t.” UK masʼul shaxslari hududdagi 4 ta MFYda suv tarmogʻini tortish va 1 dona suv qudugʻini taʼmirlash ishlariga amalda bajarilmagan ishlarni qoʻshib yozish orqali 123,8 mln soʻmni talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish), 209-moddasi (mansab soxtakorligi) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kasbida bir yoʻla 5 ta yirik sanoat korxonasi barpo etilmoqda
- Ekologlar xulosasi: Yer maydonining 99 foizi xavfli zarralar bilan ifloslangan
- Abror Bakirov vafot etdi
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring