Ish vaqtida vafot etgan “elektroset” xodimining oilasiga 340 mln soʻm undirib berildi

17:17 05 Sentyabr 2024 Jamiyat
222 0

Illyustrativ foto

Toshkent viloyatida vafot etgan xodim uchun toʻlanmayotgan 340 mln soʻm toʻliq undirib berildi. Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Bekobod shahar elektr tarmoqlari korxonasi xodimi Bunyod Mirboboyev 2023-yil 12-mart kuni elektr uskunalarida ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan.

Korxona uning oila aʼzolariga toʻlanishi lozim boʻlgan 340 million soʻm miqdoridagi zarar pullarini 1-yildan ortiq vaqt davomida toʻlamay kelgan. Davlat mehnat inspeksiyasi aralashuvi bilan ushbu summa marhumning oila aʼzolariga korxonadan toʻliq undirib berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?